Samarqandda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi

28.09.2022, 16:32

Samarqandda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan  ishlash bo‘limi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti talaba yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev, G’ayrat Abdiyevlar ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlarning qabul qilinishi, unda yoshlarning taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligini qayd etdilar.

Uchrashuvda ShHT Samarqand sammiti bo‘yicha tushunchalar berildi. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarimizning ilm-fan taraqqiyotida ularning ulushi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratish kerakligi, kelgusida yaxshi yetuk kadrlar bo‘lib chiqishida e’tiborni kuchaytirish kerakligi qayd qilindi.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning faolligini yanada oshirish masalasida fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 20 nafardan ortiq yoshlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+