Deputatlik eshituvi: Sirdaryoda Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi
28.09.2022, 16:33

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar viloyat Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilishdi.
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi tizimida bugungi kunda jami 314 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritib, ulardagi o‘quvchilar soni 154 689 nafarni tashkil etadi. 2022 yil Investitsiya dasturi asosida 8 ta maktablarda umumiy qiymati 43,9 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 1300 o‘quvchi o‘rni yaratildi. Maktablarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari uchun mahalliy budjetdan 20,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Bundan tashqari viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda “O’zbektelekom” Sirdaryo viloyati AK bilan hamkorlikda 314 ta umumta’lim maktabiga to‘liq optik tolalali internet tarmog‘i o‘tkazilgan, shuningdek, umumta’lim maktablari filiallariga ham optik tolali internet tarmog‘i tortilmoqda. Barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida internet tezliklari ko‘tarildi.
Maktablardagi ma’naviy barqaroligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida “qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 54 tadan 5 taga, “sariq” toifaga kiritilgan maktablar soni 163 tadan 94 taga kamaygan bo‘lsa, “yashil” toifadagi maktablar soni 100 tadan 218 taga ko‘payishiga erishildi.
Deputatlar xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilar ekan, joylarda o‘rganishlari davomida ayrim kamchiliklar va muammolar borligini tanqid qilib o‘tishdi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
-
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining sessiyasida dolzarb masalalar muhokama etildi
24.08.2023, 15:19
-
Xalq vakillarining faoliyati tahlil qilindi
24.08.2023, 14:54
Fikringizni qoldiring