Poytaxtning10 nafar mahalla yoshlar yetakchilari O`zLiDeP safiga qo‘shildi

28.09.2022, 16:34

Poytaxtning10 nafar mahalla yoshlar yetakchilari O`zLiDeP safiga qo‘shildi

Barchamiz bilamizki, O’zbekistonning qariyb 60 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi. Shuni e’tiborga olgan holda yurtimizda olib borilayotgan siyosatning tub mohiyati hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligiga qaratilgan. Bugungi kunda mahalladagi yoshlarning og‘irini yengil qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratishga mas’ul hisoblangan yoshlar yetakchisi tom ma’noda mahalladagi yoshlarning eng yaqin suyanchig‘i, ishonchli hamkori, samimiy maslahatgo‘yi, chin do‘stiga aylanib bormoqda.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilash ishlash bo‘limi va Chilonzor tuman Kengashi tomonidan mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasidagi masalalarga to‘xtaldi.

Tadbir so‘nggida 10 nafar mahalla yoshlar yetakchilari partiya safiga qabul qilindi va guvohnoma, esdalik sovg‘alar topshirildi.

  • Ko'rildi
    294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+