Senator “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

28.09.2022, 16:35

Senator “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

Bugun respublikamizning qaysi bir hududiga razm solmang, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar jarayoniga guvoh bo‘lasiz. Hatto eng chekka hududlarda ham obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ta’minlash doirasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun har bir tuman, shahardan ikkitadan sharoiti nisbatan og‘ir mahallalar tanlab olindi. Ularda eng avvalo, hamyurtlarimizning kundalik turmush sharoitida muhim bo‘lgan yo‘l, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi muammolarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifo maskanlari, ko‘chalar, ko‘plab aholi xonadonlari ta’mirlana boshlandi.

Urganch shahrida "Obod mahalla" dastur doirasida bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari kun sayin jadal tus olmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Senator B.Tojiyev hamda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayevlar mahallada bo‘lib, mutasaddi tashkilotlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Bugungi kunda mazkur mahallada 1079 ta xonadonlarda turli millat va elat vakillari ahil inoq istiqomat qilib kelmoqda. "Obod mahalla" dasturi doirasida 364 xonadonlarga o‘tkazilgan ichimlik suvi quvurlari qayta ta’mirlandi. 273 ta xonadonlarning elektr simlari yangilandi. 12 ko‘chadagi eskirgan, yaroqsiz simyog‘ochlar o‘rniga zamonaviy, mustahkam beton ustunlar o‘rnatildi. So‘ngra ko‘chalar tekislanib, tosh yotqizildi va 10 km yo‘l ya’niy 24 ko‘chada  asfalt yotqizish ishlari olib borildi.

Ayniqsa, ko‘chalar o‘zgarib, obod va go‘zal qiyofaga kirayotgani, muammolar barham topib, mahalla ahlini kelajakka ishonchi ortayotganligini fuqarolarning kayfiyatidan anglash qiyin emas.

Dasturlar ijrosini ta’minlash doirasidagi harakatlar eng avvalo, xalqimizning ertangi kunidan umid qilib emas, balki, bugunidan rozi bo‘lib yashash imkonini bermoqda.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    451
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+