«Charos Angor» korxonasi 18 kishini ish bilan ta’minladi
03.10.2022, 11:53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan “Charos Angor” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxona 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Matluba Haydarova rahbarlik qilmoqda. Uning aytishicha, korxonani ishga tushishi uchun o‘z mablag‘idan tashqari yana tijorat bankidan 400 million so‘m kredit mablag‘i ham sarflangan.
Ha, tadbirkorlik qilish oson emas. Eng avvalo, yaxshi g‘oya, mablag‘ zarur bo‘lgan taqdirda ham, ishni ko‘zini bilgan odamgina uni yurgiza oladi. Matluba Haydarova ham shundaylardan. Bugun uning korxonasida Xitoydan keltirilgan uskunalar yordamida sintefonli yumshoq ko‘rpa, yostiq hamda choyshab ishlab chiqarilayapti. Xomashyo Xitoy hamda Toshkentdan keltirilmoqda. Quvonarlisi, 18 nafar xotin-qiz shu korxonada mehnat qilib, o‘z rizqini terayapti, daromad topayapti.
A.Xaitov korxonani ko‘zdan kechirayotib, mahsulotlar sifatiga ham e’tibor qaratdi. Albatta, korxona faoliyatini kengaytirish bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
Fikringizni qoldiring