Sho‘rchida bog‘chaga qamrov darajasi oshishi uchun nimalar qilinmoqda?
04.10.2022, 10:45

Sho‘rchi tumanida 6 yoshli maktabgacha yoshdagi bolalar soni 4782 nafarni tashkil etadi. Hozirda ularning 64,1 foizi 3069 nafari bog‘chaga qamrab olingan. Xo‘sh, hozirda ushbu qamrov darajasini kengaytirish va mavjud MTTlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, o‘quv qo‘llanma va didaktik materiallar yetkazib berish, zamonaviy mebellar bilan ta’minlash uchun qanday ishlar amal oshirildi? Qancha mablag‘ sarf etildi. O’zLiDeP Sho‘rchi tumani deputatlik guruhi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi eshituvda ana shu savollarga javob izlandi. Unda tuman MTB boshlig‘i O’rol Mirzatov hisobot berdi.
Ayni paytda hududda 206 ta MTT bo‘lib, 42 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lsa, 14 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan. Qolgan 150 tasi oilaviy bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Maktabgacha ta’lim valirligi tomonidan berilgan «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» hamda «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi nashr etilib, tumandagi 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
Shuningdek, nashr etilgan metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan taqsimlanib, 70 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham tarqatildi.
2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida DMTTlari xodimlariga jami ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 13466478,7 ming so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Muassasalar 58160,1 ming so‘mlik o‘quv jihozlari bilan ham ta’minlanib, tarbiyalanuvchilarga davlat budjet mablag‘lari hisobidan 4264126,0 ming so‘mlik sifatli oziq-ovqat, 12490,0 ming so‘mlik dori-darmon mahsulotlari yetkazib berildi. Tashkilotlarni zamonaviy mebellar bilan jihozlash uchun esa o‘tgan 9 oyda 129976,0 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
Eshituvda ushbu mablag‘lar ochiqlanar ekan, deputatlar tomonidan berilgan savollarga ham javob qaytarildi. Mavjud kamchiliklar esa muhokama markazida bo‘ldi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
-
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining sessiyasida dolzarb masalalar muhokama etildi
24.08.2023, 15:19
Fikringizni qoldiring