Mutasaddi rahbarlarning hisoboti tanqidiy muhokama qilindi

04.10.2022, 10:48

Mutasaddi rahbarlarning hisoboti tanqidiy muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ikkita masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqand shahrida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda shaharda aholiga ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, markazlashgan kapital ko‘yilmalar hisobidan aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda tarmoqlar tortish holati yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari eshitildi.

Dastlab, yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Samarqand shahar hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi bosh mutaxassisi B.Danabayevning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, 2022 yilda Samarqand shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha jami qiymati 103,7 mln. dollar bo‘lgan, shundan 68,0 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan tashkil etgan 10 ta loyiha shakllantirilgan.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan "Samarqand suv ta’minoti"  MChJ Samarqand shahar filiali bosh muhandisi I.Shermatovning ham hisoboti tinglandi.

Samarqand shahrida bugungi kunda 550 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va ta’minlaganlik darajasi shaharda 99.1 foizni tashkil etadi.

Shaharning ichimlik suv ta’minoti Zarafshon daryosining yoqasida joylashgan ikkita Chupon-ota va Dagbit suv inshootlardan yer osti suv manbaalari orqali ta’minlanadi hamda 3 ta bosqichda Mulyon, Sogdiana, Oktabr, Mikrorayon A va B, Gormolzavod, O.Maxmudov nasos stansiyalar orqali ko‘p qavatli maskanlargacha uzatiladi. Umumiy inshootlar soni 12 ta bo‘lib, jami 123 ta ichimlik suv quduqlari (skvajinalar) mavjud, shundan 20 tasi ta’mirtalab, nasoslar soni esa 176 dona mavjud bo‘lib, shundan 46 tasi ta’mirtalab.

Deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    805
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+