Gulsum opaning gulchilikdagi tajribalari ommalashtirildi
04.10.2022, 10:55

O`zLiDeP Jizzax viloyat hamda G’allaorol tuman Kengashlari hamkorligida “Sarbozor” MFYdagi tajribali gulchi Gulsum Isaqulova xonodonida “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!”loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida viloyat Kengashi deputati Oynisa Qarshiboyeva, mahalla raisi va xotin qizlar faoli, mahalladagi uyda o‘tirgan, issiqxona tashkil qilish ishtiyoqida yurgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, uy bekalari bo‘lgan ayollarni ish bilan ta’minlashning eng samarali usullaridan biri – tomorqachilikni rivojlantirishdir. Chunki, tomorqa daromad manbai bo‘lish bilan birga, xonadonga o‘zgacha fayz ham baxsh etadi. Ayniqsa, tomorqa egalari gulchilik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishsa.
Gulsum opa Isaqulova ham bundan o‘n besh yil oldin hovlisiga xonaki gullar urug‘ini ekar ekan, keyinchalik bu oilaning daromad manabaiga aylanishini hayoligayam keltirmagandi. So‘nggi yillarda tomorqachilikka berilayotgan e’tibor sabab, opa oila a’zolari ko‘magida gulchilik bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. O’tgan vaqt davomida turli xil gullarni mahalliy sharoitda ekib, o‘stirish, parvarishlash borasida yaxshigina tajriba to‘pladi. Mo‘‘jazgina issiqxona ham tashkil etildi.
Hozirda oila a’zolari 2 sotix yerda gullar parvarishi va 4 sotix yerda mavsumiy bodring ekish bilan shug‘ullanadi. Yil davomida 70-80 million so‘m atrofida daromad olinmoqda.
- Gullarni ko‘rsam, bahri dilim yayraydi, - deydi Gulsum opa.- Ularni parvarishlashdan charchamayman. Qolaversa, oilamizga qo‘shimcha daromad. Ayniqsa, bizning qishloq ayollari uchun gulchilik juda mos soha.
Tadbir davomida tumanda istiqomat qiladigan 20 nafardan oshiq qiz juvonlarga Gulsum opa gulchilik borasida to‘plagan tajribalarini o‘rtoqlashdi. Gulchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga tekin gul urug‘lari tarqatildi.
Saida Umaraliyeva,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
28.09.2023, 12:15
-
Ayollar manfaatlari BMT sammiti muhokamasida
28.09.2023, 11:58
-
“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
26.09.2023, 16:56
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:23
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
Fikringizni qoldiring