Mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglandi

04.10.2022, 12:05

Mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi  O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Sharapat O’temisov ochdi va boshqarib bordi.

Yig‘ilish kun tartibida Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning Qoraqalpog‘iston Respublikkasida bajarilishi bo‘yicha mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglandi.

Jumladan, Prezidentimizning 2020 yil 11 noyabrdagi “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari N.Kazakbayevning hisoboti tinglandi.

Bu borada Prezident qarori asosida 2020-2023 yillarda 2 803 ta loyiha va ob’ektlarda 21 trln 209 mlrd so‘mlik keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lsa, amalda joriy yilning 1 sentabr holatiga jami bahosi 9 trln. 204,5 mlrd.so‘mlik 1 162 loyiha ishga tushirilib, 9 408 yangi ish o‘rinlari yaratilganligini qayd etdi. 

Bundan tashqari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha (ob’ekt)lar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 fevraldagi 49 - sonli qaroriga muvofiq, openbudget.uz  platformasi orqali  aniqlanishi ham belgilangan.

Prezidentning 2021 yil 9 dekabrdagi "Yangi O’zbekiston" massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.O’razimbetov ham ma’lumot berdi.   

Ta’kidlanganidek, yuqoridagi farmon asosida Qorao‘zak tumanida 6 ta, Qonliko‘l tumanida 10 ta va Kegeyli tumanida 7 ta turar joylarni qurish jami 3 ta tumanda rejadagi 23 ta turar joylarni qurish bo‘yicha bugungi kunda olib borilayotgan ishlarga to‘xtab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida deputatlar mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglar ekan, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini fikr va takliflarini ham aytib o‘tdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+