“Keksalar haftaligi”: Deputat nuroniylar bilan muloqot qildi

05.10.2022, 16:46

“Keksalar haftaligi”: Deputat nuroniylar bilan muloqot qildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9 oktabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Darhaqiqat, keksa va duogo‘y otaxon va onaxonlarimiz hayotimiz ko‘rki, oilalarimiz totuvligining bosh rahnamolaridir. Ularning pand-nasihatlari farovon hayotimizni ta’minlashda, yoshlarimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Buxoro shahridagi “Shirbudin” MFYga qarashli xonadonlarda bugungi kunda 8 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning ma’lum qismini 60 yoshdan oshgan keksalar tashkil etadi.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Dilmurod Axatovning ushbu mahalla aholisi, jumladan yoshi ulug‘ insonlar bilan yuzma-yuz muloqoti davomida keyingi 30-“Abduxoliq G’ijduvoniy” saylov okrugida ro‘y bergan o‘zgarishlar, shu bilan birga aholini qiynayotgan va yechimini kutib qolgan muammolar xususida so‘z bordi. Joylarda ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, transport qatnaydigan hamda piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, avtobus bekatlarini tashkil etish, ayniqsa, viloyat markazidan qatnaydigan 60-yo‘nalishdagi avtobus marshrutini mahalla markazigacha uzaytirish, bolalar maydonchalarini tashkil etish singari muammolar shular jumlasidandir. Deputat D.Axatov tomonidan ushbu masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilganligi va belgilangan muddatlarda ular o‘z ijobiy yechimini topishi aholi vakillariga ma’lum qilindi.

Uchrashuvda so‘z olgan deputat D.Axatov, O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi apparati rahbari N.Sa’dulloyev, mahalla raisi Zubayda Bahronova, uning maslahatchisi Moyra Fayzullayeva va boshqalar hududda xalq roziligiga erishish maqsadida talay ishlar qilinayotganligi, biroq sa’y-harakatlar yanada avj oldirilishi zururligini ta’kidladilar.

Deputat bilan uchrashuv yakunida mahalladoshlardan 12 nafari ishtirokida “Keksalar haftaligi” doirasida Samarqand shahriga sayohati uyushtirilishi ma’lum qilindi. 

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+