Xalq vakili ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatdi
05.10.2022, 17:17

Bugun xalq vakillari o‘z saylovchilari ishonchini qozonish, murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, shu bilan birga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishda faollik ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga va doimiy yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatib kelinyapti. Har qanday jamiyatning bag‘rikenglik va mehribonlik xususiyatlari imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan shaxslar va keksalarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Shavkat Kurbanbayev ham “Sobirobod” mahallasining ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va keksalar, ehtyojmand oilalar holidan habar oldi. Ularga mehr ulashib moddiy yordam ko‘rsatdi.
Shuningdek, mahalladagi “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz ayollarga subsidiya asosida ish quroli olib berishda ko‘maklashdi va ular doimiy ish bilan band qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
Fikringizni qoldiring