Partiyaning quyi bo‘g‘inlar soni ortmoqda
06.10.2022, 11:04

Ma’lumki, O’zLiDeP elektoratining asosiy qismi tadbirkor va fermerlardan iborat. Partiya Romitan tuman tashkiloti hisobida 4900 nafar a’zoni o‘z safiga birlashtirgan 64 ta BPT faoliyat olib bormoqda. Partiya a’zolarining 263 nafarini fermerlar tashkil etadi.
Yaqinda tuman fermerlar Kengashi huzurida tashkil etilgan BPTda o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda keyingi paytda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, shuningdek, O’zLiDePning bu boradagi ustuvor vazifalari xususida so‘z bordi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan partiya tuman Kengashi apparati rahbari Nasriddin Voxidov hududda partiya a’zolari safini kengaytirish dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganligini, xususan tuman Fermerlar Kengashidagi partiya a’zolari sonini oshirish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Tuman partiya tashkiloti bilan fermerlar Kengashi hamkorligida bu borada olib borilayotgan ishlar o‘z amaliy natijasini berishi zarurligi alohida qayd etildi. Negaki, tadbirkorlar ham fermerlar ham mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi, el-yurtimiz ma’murchiligi yo‘lida izchil faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizdir. Ularning aynan O’zLiDeP a’zosi sifatida o‘z vazifalarini talab darajasida ado etishlari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalariga to‘la mos keladi.
Yig‘ilishda tuman fermerlar kengashi xodimlaridan bir guruhi o‘z faoliyatlarini aynan O’zLiDeP a’zosi sifatida davom ettirish istagini bildirdilar. Ularga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring