Deputat jarqo‘rg‘onlik saylovchilari muammosiga quloq tutdi

06.10.2022, 11:15

Deputat jarqo‘rg‘onlik saylovchilari muammosiga quloq tutdi

Jarqo‘rg‘on tumani “Matonat” mahallasi fuqarolarining ham o‘ziga yarasha muammolari bor. Misol uchun, mahalla hududiga 4 km masofadan 100 diametr o‘lchamdagi ichimlik suvi quvurlari tortish zarur. Yana kimgadir avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasini qurish bo‘yicha yer ajratilishida yordam kerak. Yoshlar esa mini futbol sport maydonchasi qurib berishlarini, ichki ko‘chalar asfaltlanishini xohlashadi. Keksalar tibbiy xizmat ko‘rsatish konteyneri tashkil etilsa, mushkulimiz oson bo‘ladi deyishadi.

Mahalla ahli ana shunday muammolarni hal etilishi uchun Qonunchilik palatasi deputati F.Samatov hamda viloyat Kengashi deputati G.Tangirovalarga murojaat qilishdi. Hududdagi 32-maktabda aholi va deputatlarning uchrashuvi tashkil qilinib, mazkur masalalar muhokama qilindi. Albatta, tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovlari ham yuboriladigan bo‘ldi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+