BPTlar faoliyatini yanada jonlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
06.10.2022, 11:20

Jamoatchilik fikrining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishda, partiya faoliyati haqidagi axborotni keng jamoatchilikka yetkazishda, aholining turli qatlam vakillari, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, mulkdorlar sinfi vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, ularni qo‘llab-quvvatlashda quyi bo‘g‘in a’zolarining alohida o‘rni bor. Ayni paytda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida 81410 nafar maslakdoshlarimizni o‘z saflariga biriktirgan 893 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.
Viloyat partiya Kengashi tomonidan Faxriylar Kengashi a’zolari, tajribali partiya faollari hamda deputatlarni jalb qilgan holda tuzilgan ishchi guruhlari, BPTlar faoliyatini yanada jonlantirish, ularning muammolarini hal qilish, yetakchilarning siyosiy bilim va malakasini oshirishga amaliy yordam berish hamda partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.
- O’rganishlar jarayonida faol quyi bo‘g‘in vakillari rag‘batlantirish bilan birga, BPTlarning muammolarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi ishchi guruh a’zosi, viloyat partiya Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari Shohruh O’razboyev. - O’rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat boshlang‘ich partiya tashkilotlari siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda zarur siyosiy adabiyotlar, tarqatma materiallarga katta ehtiyoj sezishmoqda.
Ishchi guruh a’zolari ishtirokida Jizzax shahridagi “Doktor A”xususiy klinikasida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularda quyi bo‘g‘in faollarining o‘rni, jahonda bo‘layotgan siyosiy jarayonlar, partiyaviy loyihalarni yanada ommaviylashtirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida 4 nafar partiya safiga yangi qabul qilingan a’zolarga guvohnoma va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring