Ishchi guruh: Yirik korxonalar faoliyati bilan tanishilib, partiyaning quyi bo‘g‘inlari ochilmoqda
07.10.2022, 11:43

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari faollikda olib borilmoqda. Bugungi tashrif Marhamat tumanidagi “RAYYoNA” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi.
Hududiy partiya tashkilotlari hamda quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada jonlantirish va ularga amaliy yordam berish maqsadida tuzilgan ishchi guruh vakillari mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, xodimlari bilan suhbat olib bordilar. Suhbat chog‘ida O‘zLiDeP ning Dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyati hamda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida mazkur MChJning 50 nafar xodimlaridan iborat yangi quyi bo‘g‘in tuzilib, ularga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi. Darxaqiqat, O‘zLiDeP Marhamat tumani Kengashi tomonidan joylarda zamon bilan hamnafas bo‘lib partiya g‘oya va maqsadlarini keng ommaga yetkazishda faollik ko‘rsatyapti. Natijada yaxshi marralarga erishilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring