Ishchi guruh: 1200 nafar kishining bandligini ta’minlagan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishildi

07.10.2022, 11:48

Ishchi guruh: 1200 nafar kishining bandligini ta’minlagan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasim Alimov Buxoro viloyatida bo‘lgan chog‘ida partiya viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Bobomurod Ochilov, O’zLiDeP Shofirkon tuman Kengashi mas’ullari hamda mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida hududdagi “Amirtex” yorlig‘i ostida faoliyat yurituvchi “AZTEX” tikuvchilik fabrikasi rahbariyati hamda ishchi-xizmatchilari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Ushbu tikuvchilik fabrikasi joriy yil, iyul oyidan boshlab o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Korxonada 1200 nafar kishining mehnat bandligi ta’minlangan bo‘lib, ularning 755 nafari aynan tikuvchilik yo‘nalishidagi ishlar bilan band. Yaponiya davlatidan 14 mlrd. 170 mln. so‘m mablag‘ evaziga keltirilgan 660 ta so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalari yordamida eksportbop yarim tayyor xom ashyo – mato ishlab chiqarilmoqda. Ishchi-xizmatchilarning o‘rtacha oylik ish haqi bu yerda 2 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Ustoz – shogird yo‘nalishidagi ishlar ham talab darajasida tashkil etilgan. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushirilgach, 264,0 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga kirishiladi.

Mehnat jamoasi bilan o‘zaro suhbatda Nasimjon Alimov mamlakatimizda keyingi paytda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, shuningdek, O’zLiDePning hozirgi davrdagi ustuvor vazifalari xususidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan Prezident Farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlashda tuman partiya Kengashi mas’ullari va mahalliy Kengash deputatlariniing faolligi yanada oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuvda shuningdek, O’zLiDeP ning dasturiy maqsad va vazifalari, partiyaviy loyihalar va ularning amaldagi ijrosi xususida ham so‘z bordi. Korxona mehnat jamoasi a’zolari ushbu partiya a’zosi sifatida faoliyat olib borishga da’vat etildilar. Korxona ishchi xizmatchilarining 50 nafardan ortiqrog‘i partiya dasturiy maqsad va vazifalariga xayrixoxlik bildirib O’zLiDeP safiga kirishga rozilik bildirdi. Kelgusida ushbu ishlab chiqarish sub’ektida partiya quyi bo‘g‘ini tuziladigan bo‘ldi.

Shu kuni Nasim Alimov va viloyat partiya tashkiloti mas’ullari Vobkent hamda G’ijduvon tumanlarida bo‘lib, tuman Kengashi mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari shuningdek, tuman hokimligi, huddudlardagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari bilan ham uchrashdilar. Uchrashuvlar davomida mazkur tumanlarda partiyaviy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+