Jizzaxda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishilib, yangi BPTlar tashkil qilinyapti

07.10.2022, 11:50

Jizzaxda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishilib, yangi BPTlar tashkil qilinyapti

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari partiya faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, mavjud muammolarini o‘rganish va ularni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etishda ko‘maklashish, partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish maqsadida hududlardagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishmoqdalar.

Jizzax shahri bo‘ylab o‘rganishlar o‘tkazayotgan ishchi guruh a’zolari  dastlab, “Jizzax Motors” MChJda bo‘ldilar. Mazkur korxona 1991 yilda tashkil topgan bo‘lib, unda hozirgi kunda 22 nafar xodim mehnat qilmoqda. Tanishuv jarayonida MChJda faoliyat olib borayotgan va partiya safiga kirish istagini bildirgan 5 nafar kishining ro‘yxati shakllantirildi. Ularga partiya faoliyati haqida tushunchalar berildi.

Keyingi manzil - “Madad shifo servis” xususiy tibbiyot birlashmasi bo‘ldi. Mazkur tibbiyot maskani 2011 yilda tashkil topgan. Klinikaga tajribali shifokor Mohira Pulatova rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda klinikada 10 nafar kishi mehnat qilmoqda. Bu yerda ham partiyaga kirish istagida bo‘lgan 4 kishining ro‘yxati shakllantirildi.

Ishchi guruh a’zolari xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O`zLiDeP   deputatlik guruhi rahbari Shavkat Azimov bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida deputat bilan birgalikda BPTlar faoliyatini jonlantirish, yangi a’zolarni qabul qilish va partiya nashri “XXI asr” gazetasini deputatlar, faollar orasida ommaviylashtirish to‘g‘risida so‘z yuritildi, zaruriy ish rejalari belgilab olindi.

Abdukarim Isaxonov,

O`zLiDeP  Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+