Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida yangi a’zolar qabul qilindi
08.10.2022, 10:30

O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashining ishchi guruhi a’zolari Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi X.Umirov, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi A.Ro‘ziyev, viloyat Kengashi xodimlari ishtirokida Sariosiyo tumanidagi Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida “Ekologiya va atrof muhitni tozaligida o‘rmonlarning ahamiyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Dastlab, O‘rmon xo‘jaligi faoliyati haqida ma’lumot berildi. O‘rmon xo‘jaligi raisi Ramziddin Nizomiddinov xo‘jalik faoliyati bilan tanishtirib, o‘rmonda ekilgan turli navdagi daraxt va o‘simliklar xususiyatlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
So‘ngra, o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan xodimlarga partiyaning maqsad-vazifalari tushuntirib o‘tildi. Tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lganlarga yaratilgan imtiyozlar haqida ham batafsil aytib o‘tildi. Shu yerning o‘zida 45 nafar xo‘jalik xodimi partiya safiga qabul qilinish istagini bildirdi. Tadbir nihoyasida ularga partiya a’zolik guvohnomalari topshirilib, yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etildi.
O'zLiDeP Surxondaryo viloyati
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring