Mahallalarda faoliyat olib borayotgan 40 nafar xotin-qizlar faollari partiya safiga qo‘shildi
08.10.2022, 10:49

O`zLiDeP Asaka tuman Kengashi tomonidan “Oila va xotin-qizlar” tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Ma’naviy yangilanish: imkoniyat va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sardorbek Maripov, partiya viloyat Kengashi apparat xodimlari, deputatlar, partiya faollari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Unda so‘z olganlar O`zLiDeP g‘oyalari va maqsadlari, jamiyat taraqqiyoti tutgan o‘rni va roli xususida, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish maslalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir belgilangan maqsad va vazifalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berdi.
Davra suhbatida so‘nggi yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilganligi, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish hamda mustahkamlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini alohida e’tirof etdilar.
Tadbir so‘nggida O`zLiDeP g‘oya va maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan 40 nafar mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollariga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi va “Oila va xotin-qizlar” tuman bo‘limi qoshida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzishga erishildi.
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring