Ishchi guruh: Partiyaning hududiy kengashlari, mahalliy kengash deputatlari, quyi bo‘g‘inlar faoliyati o‘rganilmoqda
08.10.2022, 11:10

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi xodimlaridan tarkib topgan ish guruhlar tuman-shahar Kengashlaridagi partiya faoliyatini jonlantirish, Boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash tizimini yaxshilash, partiya a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida joylarga chiqib, o‘rganishlar olib borilyapti.
Xususan, Viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayev Tuproqqal’a tumanida bo‘lib, tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda bir qancha yirik korxona va tashkilotlardagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘ldilar. Boshlang‘ich partiya tashkiloti partiyaning tayanch nuqtasi. Mana shu bo‘g‘inni jonlantirish butun siyosiy maydonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Agar uning faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa, kamchiliklar yuzaga kelaveradi. Shu nuqtaiy nazardan muloqotlar davomida boshlang‘ich partiya tashkilotini jonlantirish, ularga uslubiy ko‘mak berish, korxonalardagi qolgan ishchi xodimlar bilan ham targ‘ibotlar o‘tkazish, ularga O‘zLiDeP ning Dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyati hamda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi lozimligi e’tirof etildi.
Ayniqsa, Tuyamo‘yin gidrouzel boshqarmasi, "Tuproqqal’a-Pitnak avto" MChJ, O’zbekiston Mudofaasiga ko‘malashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tuman bo‘limi hamda Pitnak Texmedprom tashkilotlarida o‘tkazilgan uchrashuvlar samarali kechdi.
Bu kabi tadbirlar Xiva, Gurlan, Shovot, Urganch va Yangiariq kabi tumanlarda ham uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Targ‘ibotlar natijasida 100 nafarga yaqin fuqarolar partiya safiga kirish istagini bildirishdi. 5 ta yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochiladigan bo‘ldi. Targ‘ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring