Ishchi guruh: Partiya hududiy kengashlar faoliyati o‘rganilmoqda
10.10.2022, 13:49

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruxitdinov va partiya Toshkent viloyat Kengashi mutasaddilari partiya tashkilotlari o‘rni va rolini yanada oshirish, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalq deputatlari viloyat sessiyasida bergan ko‘rsatma va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish uchun Piskent tumanida bo‘lishdi.
Partiya Piskent tuman Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni yaqindan o‘rganishdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Joylarda aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, murojaatlarni o‘rganish tizimini yanada yaxshilashga doir o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berishdi.
Deputatlik guruhi ishini yanada jonlantirish, deputatlik eshituvlari samaradorligini oshirish, hududda partiya tashkiloti imidjini shakllantirish borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdi.
Shu kuni O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruxitdinov, partiya Toshkent viloyat Kengashi mutasaddilari, tuman Kengashi raisi Azimjon Ibragimov, apparat rahbari, xalq deputatlari Piskent tuman Kengashidagi partiya deputati Zaynab Maxmudovalar davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar ijrosini amalga oshirishda ko‘maklashish va bu boradagi holatni o‘rganish maqsadida hududdagi qator tadbirkorlik sub’yektlarida ham bo‘lishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring