Ishchi guruh sarhisobi: yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi

10.10.2022, 13:55

Ishchi guruh sarhisobi: yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining joriy yil 9 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari Elmurod Panjiyev partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashlari xodimlari ishtirok etdilar.

O‘ziga xos sarhisob, deb qaralgan ushbu yig‘ilishga O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi topshirig‘i bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan hafta davomida tuman(shahar) partiya Kengashlari, deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini o‘rganish davomidagi chiqargan xulosalari asos qilib olindi.

Tanqidiy -tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda dastaval, hisobot davrida O’zLiDeP Dasturi, Saylovoldi platformasi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat Dasturida belgilab berilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash borasida jizzaxlik maslakdoshlar va deputatlar tomonidan e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Biroq, bu sa’y -harakatlar shiddat bilan rivojlanayotgan davr, bugun yurtimizda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar ko‘lami bilan hamohangmi?

Afsuski, o‘tgan vaqt davomidagi siyosiy faoliyat tahlil qilib chiqilganda umumnatijaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim tuman, shahar Kengashlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan sustkashlik ko‘zga tashlanmoqda. Ularni bartaraf etish maqsadida, ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan partiya tuman Kengashlari, deputatlar faoliyatidagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, barcha kesimlarda, ayniqsa, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida siyosiy faoliyatni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, siyosiy o‘quv, targ‘ibot jarayonlarida partiyaning bosh nashri bo‘lgan, “XXI asr” gazetasining o‘rnini kuchaytirish, gazetani maslakdoshlarimiz orasida ommalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot xizmati

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+