Yangi O’zbekistoning Yangi avlod kadrlari
10.10.2022, 14:07

Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti tomonidan “O’zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimi G’.Turg‘unov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilganligini va o‘quv jarayonlarida talabalar mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish ijodiy fikrlash va amaliy jumladan, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Muloqotda partiyaviy loyihalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ham to‘xtalib o‘tildi, talaba yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
A.Uzoqov,
O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash
mutbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring