Hokim o‘rinbosari hisobot berdi
10.10.2022, 14:22

O’zLiDeP Uychi tuman Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A’zamjon G’ofurovning hisoboti eshitildi.
Takidlandiki, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan 114 ta, jumladan, K-savdo platformasiga muvofiq 133 ta yer maydoni savdoga chiqarish uchun taklif kiritilgan, 21 ta noqonuniy ob’ekt bartaraf etilgan. Yangiyer, Ovchibuloq va Yuksalish kichik sanoat hududlarida 250 dan ortiq stolbalar o‘rnatilgan va 10 kV li elektr tarmog‘i tortilgan. Shuningdek, 80 dan ziyot transformator ta’mirlangan.
Deputatlar hisobot yuzasidan savollar ham berdilar. Amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilgani holda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolarga e’tiborni qaratdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring