Ishchi guruh: Partiyaning hududiy va quyi tashkilotlari faoliyatini jonlantirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
10.10.2022, 14:41

O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Akrom Jo‘rayev va Samarqand viloyat Kengashi xodimlaridan tarkib topgan ish guruhlar tuman-shahar Kengashlaridagi partiya faoliyatini jonlantirish, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash tizimini yaxshilash, partiya a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida joylarga chiqib, o‘rganishlar, amaliy muloqotlar olib boryapti.
Samarqand viloyat partiya kengashi mahalliy vakillik organlaridagi partiya deputatlik guruhlari va quyi tuzilmalar hamkorligida joylarda aholining keng qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, xususan, aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taminlashga qaratilgan qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayapti.
Bugungi kunda O’zLiDeP viloyat, tuman va shahar Kengashlari tarkibida 1347 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, viloyatda partiya a’zolari soni 118 ming nafardan oshdi.
Muloqotlar davomida boshlang‘ich partiya tashkilotini jonlantirish, ularga uslubiy ko‘mak berish, korxonalardagi qolgan ishchi xodimlar bilan ham targ‘ibotlar o‘tkazish, ularga partiyaning Dasturiy maqsad va vazifalarini muntazam targ‘ib qilish borasida to‘xtalindi.
Dastlab Paxtachi tuman Kengashi faoliyati o‘rganilib, tadbirkorlar va fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Paxtachi tumanidagi "Mirzayev Shuxrat Kenjayevich" fermer xo‘jaligi qoshidagi un zavodi ishchilarining 55 nafari partiya safiga qabul qilindi.
Shuningdek, Jomboy tuman Kengashi va quyi bo‘g‘inlari faoliyati o‘rganilib, tumanidagi 34 maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri natijasida 22 nafar partiya safiga a’zolar qabul qilindi.
15 oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Jomboy tumanidagi “Eski Jomboy” hamda “Quduqli” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnatkash ayollar - pilla yetishtiruvchi, paxtakor, fermer, tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, tumanidagi "Sherboyev Murodullo" chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida partiya safiga 10 nafar a’zolar qabul qilinib, mazkur fermer xo‘jaligi qoshida partiya quyi bo‘g‘ini tashkil etildi.
Nasiba Mo‘minova,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring