Deputat ko‘magida mahalla tobora obodlik kasb etmoqda
10.10.2022, 14:51

Bekobod shahridagi “Birdamlik” MFY ko‘chasi yo‘llari nosoz bo‘lib, ta’mirtalab holatga kelib qolganidan bu yerda yashovchilar bir necha yillardan beri aziyat chekishardi. Yo‘l yuzida ko‘chani yorituvchi tungi chiroqlar yo‘q edi. Mahalla ahli yog‘ingarchilik mavsumida loy, yozda esa tuproqqa botib ishga, maktabga qatnashga majbur edi.
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashiga 2-“Birdamlik” saylov okrugidan saylangan deputat Davlatbek Xolmurodovning sa’y-harakatlari natijasida hudud qiyofasi tobora obodlik kasb eta boshladi.
Erta tongdan bo‘sh vaqt topdi, deguncha o‘z saylov uchastkasi hududida xonadonma-xonadon kezib, aholini qiynab turgan masalalarga ijobiy yechim izlayotgan va chin ma’nodagi xalq vakiliga aylangan deputatni bugun Birdamlikda tanimaydigan odamning o‘zi yo‘q.
Deputat sa’y-harakati bilan mahalla ko‘chasiga shag‘al to‘kilib, tekislandi. Sim yog‘ochlar almashtirildi. Mahallaning qarovsiz ko‘chalariga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Vatanparvar hamda Me’mor ko‘chalariga yangi yo‘l ochildi. Aholining uzog‘i yaqin bo‘ldi, yuki yengilladi. Mahalliy aholining nosoz yo‘l va tunda qo‘rqinchli yo‘l borasidagi tashvishi aridi.
Bugun mahalla ahli el-yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan deputatdan minnatdor. Jonkuyar deputatning bu kabi xayrli ishlari ko‘pligini alohida alqaydi. Bir so‘z bilan aytganda, deputatning aholining salomatligini tiklash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash singari murojaatlariga ham befarq bo‘lmasdan, xalq dardi bilan yashab kelayotgan fidoyi deputatning xayrli ishlari birgina bu bilan cheklanmasligini e’tirof etadi. Davlatbek Xolmurodov singari jonkuyar deputatlar ko‘payishini istashadi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring