Faoliyat tahlil etildi, vazifalar belgilab olindi

11.10.2022, 11:30

Faoliyat tahlil etildi, vazifalar belgilab olindi

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya hududiy, shahar, tuman kengashlari apparat rahbarlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda o‘tgan tuqqiz oy mobaynida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha shahar, tumanlar kesimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilib berildi. Xususan, Kosonsoy, Norin, Yangiqo‘rgon, Mingbuloq kabi ayrim tuman kengashlarida targ‘ibot tadbirlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi, partiya vakillarida ta’sirchanligi va samaradorligi sezilmayotganligi, deputatlarda tashabbuskorlik yetishmayotganligi, boshlang‘ich tashkilotlar bilan hamkorlik mustahkam emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu tuman kengashlari apparat rahbarlari bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hisob berdilar.

Yig‘ilishda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul vakili Sevara Muslimova ishtirok etdi va partiya shahar, tuman tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalarga, jumladan, boshlang‘ich tashkilotlari va deputatlik guruhlari ish faoliyatini yanada jonlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda partiya tuman kengashlar faoliyati tanqidiy ruhda chuqur tahlil etildi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+