Tomorqa klasteri faoliyati bilan tanishildi
11.10.2022, 11:35

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari ,O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyatidagi uchrashuvlari davomida Gurlan tumanidagi Birlashgan qishlog‘ida joylashgan “Maqsud-Manzura” tomoqa xizmati klasteri faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur klaster ayni paytda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, issiqxonalar qurib berish orqali tomorqachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. 12 yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ushbu klasterda bugungi kunda sutni qayta ishlash, parrandachilik, kimyoviy dori vositalari do‘koni, agromarkaz kabi yo‘nalishlarda aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatib kelinyapti.
Klaster rahbari Maxsud Bekmanov Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan zamonaviy issiqxona ham tashkil etgan. Issiqxona asosan ko‘chatchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, aholiga arzon narxda pomidor, bodring, baqlajon kabi poliz ekinlari ko‘chatlari, turli gul va daraxt ko‘chatlarining yangi navlarini yetishtirib beradi.
Spiker o‘rinbosari muloqotlar davomida Nukus mahallasini tomorqachilik yo‘nalishida namunali mahallaga aylantirish, aholining yer bilan tillashishini va tomorqachilik bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mahallani sarimsoqpiyoz yetishtirishga ixtisoslashuvini ta’minlash va “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini joriy etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berdi.
O'xshash yangiliklar
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
Fikringizni qoldiring