Nukus shahridagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishildi
12.10.2022, 12:01

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari, klasterlar, tomorqachilar faoliyati bilan yaqin tanishmoqda.
Partiya yetakchisi Nukus shahridagi “Muratbek mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
2009 yilda tashkil qilingan mazkur korxonada kesish, tayyorlash va qayta ishlash, yig‘ish, yumshoq mebellar sexi, temir ustoxonasi, buyoq va yig‘ish sexlari mavjud bo‘lib, u yerda 50 nafardan ziyod kishining bandligi ta’minlangan.
Barcha buyurtmalar shu sexlardagi stanoklar yordamida tayyorlanib, tayyor bo‘lgan mahsulotlar namlik temperaturaga javob beradigan joylarda saqlanadi.
Bugun ichki bozorda mazkur korxona o‘z xaridoriga ega bo‘ldi. Nukuslik Muratbek Tanirbergenov tadbirkorlikni zamon bilan teng boshqaradi. Biznesni va tadbirkorlikni erkin boshqarishda marketing strategiyani terang bilishga to‘g‘ri keldi. Chunki marketing strategiya - biznesni, bozorni va xaridorni ushlab turishning birdan-bir tartibi hisoblanadi.
Spiker o‘rinbosari ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, unda ishlayotgan ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulot sifati va xaridorbopligi, tadbirkorning muammo va takliflari bilan qiziqdi.
Suhbat va muloqotlar chog‘ida partiya rahbari bunday korxonalarning tashkil qilinishi, birinchi navbatda aholining bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
Fikringizni qoldiring