Nukus tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar faoliyati o‘rganilmoqda
13.10.2022, 09:55

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlari davomida Nukus tumanidagi fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Dastaval tumandagi "Qirantao‘" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi "Biogumus" fermer xo‘jaligi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur fermer xo‘jaligi 2001 yili tashkil qilingan bo‘lib, 11 yildan buyon quyoshda quritilgan pomidorlarni ishlab chiqarish va Yevropa mamlakatlariga eksport qilish tajribasiga ega.
Markaziy Osiyoda eng katta ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan ushbu xo‘jalikning mahsulotlari ekologik toza va xalqaro standartlarga ko‘ra sertifikatlangan. Bunday sertifikatlar tayyor bo‘lgan mahsulotning nafaqat sifatini balki xavfsizligi va gigiyenasi xodimlarning doimiy malaka oshirishini va yanada yuqori darajada atrof-muhitni va ekologiyani saqlashni kafolatlaydi.
Fermer xo‘jaligida doimiy ishchilar soni 90 nafar, mavsumiy ishchilar soni esa 110 nafarni tashkil qiladi. Ekiladigan yerlar maydoni 60 gektarni tashkil qilib, loyiha qiymati 3,041 mlrd so‘m, xorijiy investitsiya qiymati 100 ming dollar, eksport qiymati yiliga 310 ming dollarni tashkil etadi.
Partiya yetakchisi xo‘jalik faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, fermer xo‘jalik faqatgina pomidor mahsulotini yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan kelajakda boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini aytib o‘tdi.
Spiker o‘rinbosari tumanga tashrifi davomida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari buyicha o‘rinbosari va tumandagi hokim yordamchilari bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ahamiyati, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million so‘mgacha garovsiz berilayotgani bo‘yicha atroflicha tushuntirib o‘tildi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
Fikringizni qoldiring