Deputat yo‘llarni ta’mirlab bermoqda

13.10.2022, 10:05

Deputat yo‘llarni ta’mirlab bermoqda

Nishon tumanidagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi 39-Nuriston saylov okrugidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashi deputati Ibrohim Xalilovga murojaat etib, yig‘in hududidagi qishloqlar yo‘llari yozda tuproq, qishda loy bo‘lib  qolishi bois keksa yoshdagi fuqarolar, ayniqsa, maktabga qatnayotgan yoshlar qiynalayotganliklarini bildirishib, yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rashgandi. O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi va deputat tashkilotchiligida mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash boshlab yuborildi.

-Hozirga qadar mahalla qishloqlaridagi 3,5 kilometr yo‘llarga shag‘al to‘kilib, ravonlashtirib berildi,-deydi deputat Ibrohim Xalilov. – Hudud anchagina katta bo‘lganligi uchun yo‘llarni ta’mirlash biroz vaqt talab etadi. Yil oxiriga qadar maktablarga boradigan yo‘llarni sifatli ta’mirlashga harakat qilamiz. Bu xayrli ishga yetarli darajada texnika vositalari va ishchi kuchi jalb etilgan. Mahalla hududida 6390 nafar aholi istiqomat qiladi. 1117 ta oila bor. Yaroqsiz bo‘lib qolgan 98 ta simyog‘ochni 34 tasi yangisiga almashtirildi. Otquduq  qishlog‘i aholisi uchun sayyor tibbiyot punkti keltirib o‘rnatildi. Guliston qishlog‘iga oqova suv keltirish uchun 400 million so‘m mablag‘ sarflanmoqda.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov, deputat  Ibrohim Xalilov hamda Nishon tuman partiya faollari mahalla hududidagi qishloqlarda bo‘lishib, ta’mirlash ishlari jarayonini kuzatdilar. Saylovchilar bilan uchrashuvda deputat hududdagi maktablarga tez kunda kitoblar sovg‘a qilishini bildirdi.  

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+