Deputatlik eshituvi: Urgutning 3 ta bank rahbarlari hisobot berdi

13.10.2022, 10:09

Deputatlik eshituvi: Urgutning 3 ta bank rahbarlari hisobot berdi

Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi uchta bank rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Dastlab, yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan “Xalq banki” AT Urgut tuman filiali boshqaruvchisi F.Murodovning hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida jami 1032  nafar jismoniy shaxsga va 20 ta iqtisodiyotning real sektorida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jami 19 mlrd. 306 mln.so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 1072 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yig‘ilishda “Agrobank” ATB Urgut filiali tomonidan joriy yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan bank rahbari O.Azimurodovning hisoboti tinglandi.

Qayd etildiki, 2022 yilning o‘tgan oyi davomida jami 861 nafar jismoniy shaxslarga 16 mlrd 695 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

“Milliy banki” TIF Urgut filiali boshqaruvchisi Q.Umarovning qayd etishicha bugungi kunda yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish hisobiga tumanda ishlab chiqarish sohasida umumiy qiymati 8 mlrd. 615.0 mln.so‘mlik kredit mablag‘lari ajratib berilgan.

Deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida takliflar bildirildi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+