Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari

13.10.2022, 10:13

Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari

 Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Bank-moliya xizmatlari” fakultetida “O’zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar - Yangi  O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda institut prorektori A. Berdimuradov, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O.Pardayev, talabalar, boshlang‘ich partiya tashkilotining a’zolari hamda partiya faollari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida bugun Yangi O’zbekiston "Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat" degan muhim g‘oya negizida barpo etilayotganligi, yurtboshimiz belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib borayotganligi yuzasidan fikr mulohazalar keltirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda “O’zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    474
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+