Deputat 75 nafar fuqaroning bandligini ta’minladi

08.10.2022, 10:16

Deputat 75 nafar fuqaroning bandligini ta’minladi

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan ishchi guruh tuzilib, viloyat va mahalliy kengash deputatlarining faoliyatlari bilan yaqindan tanishish, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va partiya tashkilotining dasturi yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ishchi guruh vakillari go‘sht mahsulotlarini tayyorlash va iste’molchilarga yetkazib berishga mo‘ljallangan "Momiq Jo‘ja" xususiy fabrikasi bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur korxona rahbari Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Azizjon Sharipovdir.

Hozirda bu yerda 30 mingta zotdor jo‘jalar parvarishlanib, go‘shtga tayyorlash va uni sotish yo‘lga qo‘yilgan. Eng muhimi, yosh, izlanuvchan deputat A.Sharipov tomonidan "Ayollar daftari", "Temir daftar"ga kiritilgan 75 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minladi.

Bugungi kunda halol sertifikatiga ega bo‘lgan parranda go‘sht mahsuloti bilan Bag‘dod tumani Dang‘ara, Uchko‘prik tumandaridagi Maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘limlariga shartnoma asosidan mahsulot o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+