Oziq-ovqat xavfsizligi borasida muhim tashabbuslar ilgari surildi
14.10.2022, 10:10

Davlatimiz rahbari bugun 13 oktyabr kuni Astana shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash majlisida nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari nutqida xalqaro hamkorlik, global iqtisodiyotdagi muammolarga ham to‘xtaldi. Xususan dunyodagi inqirozli holatlar Markaziy Osiyo davlatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxl qilayotganiga e’tibor qaratdi.
Umumiy xavfsizlik manfaatlari, taraqqiyotimizga ta’siridan kelib chiqib, davlatimiz rahbari oltita ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ortiq nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyo qit’asi va butunjahon uchun muhim ahamiyatli taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga sammit ishtirokchilari e’tiborini qaratdilar.
Davlatimiz rahbari nutqida qit’amizning ko‘plab davlatlari iste’mol mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari hisoblanishi, shu boisdan oziq-ovqat inqirozining oqibatlarini juda o‘tkir his qilishini ta’kidladilar.
Butunjahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, ochlikdan aziyat chekayotgan sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi Osiyo qit’asida yashamoqda. Mamlakatimiz Prezidenti mazkur o‘tkir muammo yechimi yuzasidan quyidagi yangi yondashuvlarni bayon etdi:
Jumladan, oziq-ovqat ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini va uni yetkazib berishning optimal zanjirini shakllantirish, ichki mintaqaviy savdo o‘sishi uchun texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish, Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish yaxlit tizimini yaratish masalasiga e’tibor qaratdi.
Ushbu barcha masalalarni FAO shafeligida kelgusi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada muhokama qilishni taklif etdilar. Ushbu takliflar insoniyat uchun o‘ta muhim bo‘lgan oziq-ovqat masalasida to‘g‘ri va oqilona yechimlar ishlab chiqilishiga yo‘naltiradi.
Aktam XAITOV,
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
O'xshash yangiliklar
-
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida
03.06.2023, 13:10
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni
02.06.2023, 17:05
-
Ijtimoiy himoya tizimi yanada yaxshilanadi
02.06.2023, 17:02
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
Fikringizni qoldiring