Qovchinning hunarmand ayollari mahorat darsi o‘tishdi

14.10.2022, 11:48

Qovchinning hunarmand  ayollari  mahorat darsi o‘tishdi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat hamda Qarshi tuman kengashlari tomonidan Qovchin mahalla fuqarolar  yig‘inida 15 oktabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni”  munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Dastlab anjuman ishtirokchilari partiya faoli, hunarmand Ra’no Husanova tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng “Yangi hayot” mahallasida yashovchi tajribali gilamdo‘zlar Tojixol Elboyeva va Gulsara Umidovalar tomonidan qadimiy artefakt sifatida saqlanib, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan gilamdo‘zlik san’ati, gilam to‘qish, ipak va jun iplarning bo‘yalishi, tabiiy bo‘yoqlarning tayyorlanish jarayoni, milliy naqshlardan qay darajada foydalanish yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi.

- Ayollar tomonidan uyda to‘qilgan gilamlar oddiy, lekin mukammal texnikada ishlab chiqilganligi bois, ranglar, shakllar, nozik naqsh kombinatsiyalari va ijodiy bezaklarni mukammal yorqinligi bilan ajralib turadi,- deydi mohir gilamdo‘z Tojixol Elboyeva. - Kelinlik sarpolariga gilamlarning pat, taraqi, qilchaki, terma, xoli  turlari qo‘shib beriladi.  Bugungi tadbir gilamdo‘zlik an’analarini saqlab qolish, rivojlantirish, uni avloddan-avlodga bus-butun yetkazish, sohani keng targ‘ib qilish va yanada kengaytirishga yaqindan yordam berishiga ishonaman. Qovchinimizning qo‘li gul hunarmandlarimiz tomonidan to‘qilgan gilamdo‘zlik mahsulotlari nafaqat mahalliy, balki chet ellik mehmonlar, sayyohlarni ham lol qoldirmoqda. Bugungi mahorat sabog‘imizda ishtirok etgan qizlar  o‘z sepi uchun loaqal 2 ta dona gilam to‘qisa, oila iqtisodini yaxshilashda ota-onasiga katta yordam bergan bo‘lardi.

Tadbirda Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari oila va xotin -qizlar bo‘limi boshlig‘i Fazilat Abdirahimova, partiya tuman kengashi Faxriylar kengashi raisi Mahkamtosh Doniyeva va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bilim va hunar o‘rganishi, ijtimoiy va siyosiy huquqlardan, tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi haqida batafsil fikr yuritdilar. Tumandagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashrif buyurgan xotin-qizlar ishtirokidagi tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga O’zLiDeP Qarshi tuman kengashining “Tashakkurnoma”lari taqdim etildi. 

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisning

birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari.

  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+