Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatlardandir!

15.10.2022, 10:58

Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatlardandir!

Ma’lumki BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan. Bu esa eng chekka hududlarda halol mehnati ila xalqimiz xizmatida bo‘layotgan, o‘z xonadonida ham katta daromad olib oilasi daromadiga hissa qo‘shayotgan har bir ayolga o‘zgacha zavq va g‘urur berdi.

Mazkur sana munosabati bilan har yili joylarda katta tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etiladi. Ana shunday tadbirlardan biri Bag‘dod tumanida bo‘lib o‘tdi. O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi, O’zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari Farg‘ona viloyat Kengashi hamda  Bag‘dod tuman hokimligi hamkorligida  tumanidagi Qishloq ho‘jaligi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlar uchun bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar qishloq xo‘jaligining rivojlanib borishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloqlarning obodligi va farovonligini oshirishda ayollarning qo‘shayotgan hissasi va o‘rni yuqori ekanligi borasida so‘z yuritdilar. Bayramona tadbirni tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari o‘z chiqishari bilan davom ettirdi. Ishtirokchi opa singillarimiz kuy-qo‘shiqlarga xirom etarkan tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

15 oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar esa viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    514
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+