“Xalqaro qishloq ayollari” kuni: Jizzaxlik 24 nafar faol fermer va tomorqachilar munosib taqdirlandi

15.10.2022, 11:09

“Xalqaro qishloq ayollari” kuni: Jizzaxlik 24 nafar faol fermer va tomorqachilar munosib taqdirlandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2007 yil 18 dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyuziyasiga asosan 15 oktabr - “Xalqaro qishloq ayollari” kuni deb e’lon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

 Mamlakatimizda ham ushbu sana munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yu.Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 24 nafar xotin-qizlarga O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining maxsus mukofot va Tashakkurnomalari hamda O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+