Yangi O’zbekistonning yangi avlod kadrlari
15.10.2022, 11:44

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch davlat Universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan partiya viloyat kengashi bo‘lim mudiri Shuxrat Atajanov so‘z olib, dastlab talaba yoshlarga ushbu loyihaning maqsad-vazifalari, mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida tushuncha berdi. Shundan so‘ng “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
Ta’kidlanganidek, Yangi O’zbekistonning 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining birinchi yo‘nalishida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishda esa, adolat hamda qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan bir qator maqsad va vazifalar uchinchi — milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash yo‘nalishida aks ettirilgan.
Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish masalalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir maqsad va vazifalarni bajarish va bunda “Yangi O’zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi”ni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ishlar samaradorligini ta’minlash kabi masalalar xususida ham fikr almashdilar.
Tadbir yakunida bir guruh talaba yoshlar partiya zahirasiga olinib, partiya safiga kirish istagini bildirgan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring