"Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida talaba yoshlarning siyosiy savodxonligi oshirildi

17.10.2022, 11:06

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan "Yangi avlod kadrlari" loyihasining navbatdagisi Al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida talaba yoshlar bilan muloqot tashkil qilindi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bosh inspektori  N.Qutlimuratova va boshqalar davlatimiz rahbarining  Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashning oltinchi sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaganini aytib o‘tdi.

Davlatimiz yetakchisi nutqida xalqaro hamkorlik, global iqtisodiyotdagi muammolarga ham to‘xtaldi. Dunyodagi inqirozli holatlar Markaziy Osiyo davlatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxl qilayotganiga e’tibor qaratdi va ularning taraqqiyotimizga ta’siridan kelib chiqib, oltita ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ortiq nafaqat O’zbekiston, balki Osiyo qit’asi va butunjahon uchun muhim ahamiyatli taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

Ayniqsa yoshlarni radikalizmdan asrash maqsadida Avlodlar muloqotini yo‘lga qo‘yish va yosh yetakchilar Forumi doirasida bunday ilk uchrashuvni  2023 yil aprel oyida Samarqandda o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari  muloqotda mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan karor va farmonlarning ahamiyati, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari,   “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirildi.

Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, ushbu tadbirda mamlakatimizda yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, 3-4-bosqichlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘qib, ham ishlashlari uchun  yaratilgan imkoniyat va  imtiyozlarga ham e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mazkur oliy dargohning 10 ga yaqin talaba yoshlari kadrlar zaxirasiga olindi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+