Sirdaryolik talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

17.10.2022, 11:14

Sirdaryolik talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi tomonidan Guliston davlat universitetida talaba yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi E.Jo‘rayev Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uning yettita ustuvor yo‘nalishi, undan kelib chiqib belgilangan vazifalar, maqsadlar, xususan, yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, 3-4-bosqichlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘qib, ham ishlashlari uchun  yaratilgan imkoniyat va  imtiyozlar haqida gapirib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida talabalarga “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, partiya faoliyatini yanada ommalashtirish, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining siyosiy faolligini oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

20 nafardan ortiq talabalar partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdi.

Tadbir so‘ngida bir guruh faol yoshlarga partiya tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+