“Gulchi opa tomorqa xizmati ” MChJ klasterida xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi

18.10.2022, 09:35

“Gulchi opa tomorqa xizmati ” MChJ klasterida xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sharofat Noriyevani nafaqat tumanda, balki viloyatda ham mohir fermer, tadbirkor sifatida yaxshi bilishadi. Maslakdosh deputatimiz, shuningdek, tumandagi “Olmachi” MFYda hokim yordamchisi sifatida ham samarali faoliyat olib bormoqda.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan “Gulchi opa torqa xizmati” klasterida mahalladagi ayollar uchun navbatdagi “Mahorat darsi” tashkil etildi.

30 nafardan ortiq o‘z xonadonida gulchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishni istagan xotin-qizlar, dastavval, bir qator gul navlari, jumladan, karamgul va xriziantema gullarini ekish, parvarish qilishdan tortib, urug‘lik olishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan tanishtirildi. Gulchilik bilan uzoq yillardan buyon shug‘ullanib kelayotgan Sh.Noriyeva tadbir ishtirokchilariga o‘z tajribasidan kelib chiqib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Tadbirkor deputatning aytishicha, gulchilik orqasidan bir sotix yerdan  yiliga o‘rtacha  15-20 mln. co‘mgacha daromad olish mumkin.

- To‘g‘risini aytsam, men xonadonimga chiroy berish uchun gul ekishni o‘rganmoqchi edim, - deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Mohida Yo‘ldosheva. – Biroq, bugungi mashg‘ulotlarda gulchilikdan uy sharoitida ham mo‘maygina daromad olish mumkinligini eshitib, bunga juda qiziqib qoldim. Qolaversa, Gulchi opa yangi ish boshlayotganlarga urug‘lik va gul ko‘chatlarini bepul  yetkazib berar ekan. Etishtirgan gullarimizni ham bozor narxida sotib olar ekan. Bu imkoniyatdan barchamiz albatta, foydalanamiz.

Kunning ikkinchi yarmida barcha ishtirokchilar “Ishbilarmon ayol” 2022 hududiy respublika g‘olibi Ozoda Ergashevaning echkichilik, parradachilik, yilqichilik, quyonchiilik borasidagi faoliyati bilan tanishishdi.

Bu yerda ham ishtirokchilar uy sharoitida zotdor echki boqish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    551
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+