Ta’lim olish va kasb egallash sifatini oshirishda kamarbastamiz!

18.10.2022, 09:43

Ta’lim olish va kasb egallash sifatini oshirishda kamarbastamiz!

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruxitdinov, viloyat hamda tuman Kengashlari mutasaddilari davlatimiz rahbarining sessiya ishida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini o‘rganish va tizimli tashkillashtirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida viloyatning turli hududlarida bo‘lib turishibdi.

Partiya mutasaddilari bu gal Piskentning Murotali kollejida bo‘lishib, bu yerda ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan ilm-fan fidoyilaridan biri Saidqosim Qodirov bilan uchrashishdi.

Xalqni ma’rifatli qilish yo‘lidan borib, mamlakat taraqqiyotiga xissa qo‘shmoqchi bo‘lgan Saidqosimning xususiy ilm dargohini tashkillatirishdagi rejalari va qiynab turgan muammolari bilan qiziqishdi.

Kollej binosini qayta moslashtirishdan tortib, unda o‘qitiladigan fan hamda kasb turlariga monand o‘quv xonalarini jihozlash, o‘quvchilarni qamrab olish, ularga ta’lim va kasb-hunar egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratib berish, yotoqxona bilan ta’minlash, ta’lim dargohiga malakali, yetuk pedagog kadrlarni jalb qilish, ularni chekka hududga olib kelishdagi muammolarni qanday bartaraf etish masalalari xususida atroflicha suhbatlashishdi.

O’zaro samimiy suhbat asnosida bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruxitdinov partiya ta’lim tizimida raqobat muhitining shakllanishi, xususiy sektor resurslaridan foydalanish, davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, har bir tumanda kamida to‘rttadan xususiy maktablar barpo qilinishiga erishish, sohada davlat-xususiy sherikchiligi va xususiy xizmatlarni jadal rivojlantirishni o‘z oldidagi ustuvor vazifalardan deb bilishini ta’kidladi.

Shu ma’noda partiya Saidqosim Qodirov singari yoshlar, ta’lim fidoyilarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, Saidqosimni o‘ylantirib turgan muammolarni tizimli bartaraf etishda kamarbasta bo‘lishini qayd etdi.

Mazkur ta’lim maskanining ochilishi va o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib ketishi bilan viloyatda xususiy ilm dargohlarini barpo etishda Saidqosim Qodirov tajribasi ommalashtirilishiga erishish lozimligini ko‘zlab birgalikda harakatga qilishga kelishib olindi.  

 Natijada chekka hududlardagi ilmga chanqoq farzandlarining ham yuqori malakali ta’limga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, bunda ingliz tili, informatika va boshqa talab yuqori bo‘lgan fanlarni, jumladan, matematika, fizika, kimyo, biologiyani chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish sohasida xususiy sektorning ulkan imkoniyatlarini ishga solinishi muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP  Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+