Yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi
19.10.2022, 12:28

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Qudrat Bekmetov va partiya Yangiariq tuman kengashi vakillari va deputatlar Yangiariq tumanidagi “YANTEX INVEST” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur korxona asosan to‘qimchilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Korxonada 250 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar ishlab kelmoqda. 2020 yil noyabr oyidan boshlangan korxona hozirgi kunga kelib byaz, poplin, satin va shunga o‘xshagan xom tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan chet elga eksport qilish uchun jo‘natiladi va korxonaning yillik eksport xajmi 25 mln. AQSh dollardan ortiq mablag‘ga to‘g‘ri keladi.
Partiya vakillari va deputatlar korxonaning faoliyati, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Korxonada partiya maqsad-vazifalari bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida uning qoshida yangi Boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, shu yerning o‘zida 47 nafar ishchi-xodimga O‘zLiDeP a’zolik guvohnomalar topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Arnasoyda amalga oshiralayotgan “Oqqo‘rg‘on tajribasi”da partiya faollari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar
02.02.2023, 15:38
-
Oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
02.02.2023, 15:20
-
Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19
-
Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01
Fikringizni qoldiring