Deputat saylovchilar muammosini tez fursatda hal qildi

19.10.2022, 18:56

Deputat saylovchilar muammosini tez fursatda hal qildi

Bugungi kunda xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimiz endi xonada o‘tirib emas, xalq orasida yurib, o‘zi belgilab olgan yo‘l xaritasi asosida  ish olib bormoqda.

Bugun har bir deputat o‘z oldiga katta ishlarni maqsad va vazifa sifatida qo‘ygan. Zimmasidagi mas’uliyatni dildan his etib xalq orasida ish olib bormoqda.

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Raxima Yuldasheva o‘zi saylagan hudud "Shabboz" mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilarining muammolarini bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatib kelyapti.

Kunlar sovuq tushishi bilan aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ikki barobar ortadi. Shu bois mahalla hududidagi Xamid Olimjon ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan xonadonlarida tabiiy gaz bosimining pastligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.  

Ushbu murojaat yuzasidan deputat R.Yuldasheva, mahalla raisi I.Alimov, mahalladagi tuman hokimi yordamchisi A.Saparov, 4-sektor kotibi  A.Xaitovlar bilan birgalikda o‘rganib chiqdi.

Bu bo‘yicha "O’ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi  "Qoraqalpog‘istongaz" filiali Beruniy tumanlararo gaz ta’minotiga  deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mahalladagi tabiiy gaz bosimi past bo‘lgan ko‘chalardagi xonadonlardagi holat o‘rganilib, tabiiy gaz bosimi ko‘tarib berildi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+