Tilni e’zozlash – ma’naviy komillik asosi, o‘zlikni anglashdir

20.10.2022, 17:25

Tilni e’zozlash – ma’naviy komillik asosi, o‘zlikni anglashdir

OʻzLiDeP Qarshi tuman kengashi tomonidan tumandagi 19-maktabda 21 oktabr - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan “Ona tilim – iftixorim” mavzuida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda bilim maskani ustozlaridan Umida Ochilova, Nodira Raimova, Muqaddas Namozova, Dilrabo Hikmatovalar so‘zga chiqib, til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi va tarixi ekanligi, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb ma’naviy burchimiz ekanligini ta’kidladilar. 

- Yangi O’zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz, - dedi tuman kengashi deputati Ruhiddin Berdiyev. - Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir. Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganligining yaqqol isbotidir. Asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish - o‘zligimizni anglash, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish va milliy hamda umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Tadbir so‘ngida maktabning bir guruh ustozlarga tuman kengashining “Tashakkurnoma”lari va kitoblar sovg‘a qilindi.  

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari,

 apparat rahbari

  • Ko'rildi
    497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+