Sirdaryolik talaba yoshlar bilan partiya hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

20.10.2022, 17:28

Sirdaryolik talaba yoshlar bilan partiya hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

“Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustivor vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi asosida memorandum imzolangandi.

Bundan maqsad ham talabalar orasidan  partiya tashkilotlari Ijroiya apparatlariga zamonaviy fikrlaydigan, ma’nan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkiliy masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yishdir. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri ham shu.

Davra suhbati universitetning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida savol-javob tarzida tashkil etildi. Ularda muloqotda mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan karor va farmonlarning ahamiyati, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi asosida yosh kadrlar boshqaruvchilik qobiliyatini aniqlash, yosh istiqbolli kadrlar professional rivojlanishini kuzatib borish, ular faoliyatining samaradorligi mezonlarini aniqlash, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasida talabalarga tushunchalar berildi.

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+