Ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘rgatishga qaratilgan mahorat darsi tashkil qilindi

20.10.2022, 17:34

Ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘rgatishga qaratilgan mahorat darsi tashkil qilindi

Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, aholi hayot darajasining ortishi ko‘p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bog‘liq. Mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, aholi ongiga Yangi O’zbekiston islohotlarining mazmun-mohiyatini singdirish, inson qadrini va xalqning ijtimoiy kayfiyatini yuksaltirishdan iborat.

 “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir” va “Mehr” daftarlariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni biznes yuritishga o‘rgatish, moliyaviy savodxonligini oshirish, mazkur sohada bilim va malakalarini oshirish hamda ularning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti.

Chilonzor tumanidagi “O’rikzor mahallasida” O’zbekiston tadbirkorlar va fermerlani qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent shahar filiali tomonidan "Tadbirkor bo‘lish oson" loyihasi doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarning maqsadi temir daftardagi ayollarga o‘zini va oilasini ta’minlay oladigan tadbirkor bo‘lish, band bo‘lmagan ishsiz ayollar va yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini barpo etish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iboratdir. Xususiy tadbirkorlikni yanada jadallashtirish orqali yurtimizda milliy biznes va yalpi milliy mahsulotning o‘sishi, aholining turmush darajasi va uning yashash tarzi sifatini ta’minlashga hissa qo‘shiladi.

  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+