“Sharq ipagi durdonasi” MChJning 10 nafar xodimiga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi

24.03.2018, 18:26

“Sharq ipagi durdonasi” MChJning 10 nafar xodimiga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi

Marg‘ilon shahrida faoliyat olib borayotgan “Sharq ipagi durdonasi” MChJda hozirgi kunda asosan atlas, adras va shoyi matolar ishlab chiqariladi. Kasanachilik asosida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Korxonada O`zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti ochilgan bo‘lib, 15 dan ortiq a’zolarni o‘z atrofida birlashtirgan.

Mazkur korxonada yana qo‘shimcha 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kuni kecha ushbu korxonada yangi ish o‘rinlariga qabul qilingan xodimlarga tantanali ravishda mehnat shartnomalari hamda ularning 10 nafariga O`zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

– Bugungi kunda toza ipak mahsulotlariga talab yuqoriligi sabab ishlab chiqargan mahsulotlarimizni asosan xorijga eksport qilmoqdamiz, – deydi “Sharq ipagi durdonasi” MChJ rahbari Ismoil Ahmadjonov.

– O‘tgan davr mobaynida partiyaning viloyat va Marg‘ilon shahar Kengashi bilan hamkorlikda partiya maqsad va vazifalarini ishchi-xodimlarimiz o‘rtasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan turli uchrashuvlar, seminar-treninglar, sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda nafaqat ishchi-xodimlarimiz, balki shahrimizdagi tadbirkor va fermerlar ham ishtirok etgani bizni quvontiradi.

Tadbir yakunida ushbu korxona xodimlariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

furqat tuman Mingtillo fermer hojaligi BPT raisi M.Haitova2018-06-07 20:58:27

Исмоил Аҳмаджоновдек тадбиркор ишбилармонлар купайсин шунда ишсиз ёшларимиз хам иш билан таминланади.


Fikringizni qoldiring

+