Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

24.10.2022, 15:43

Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi, Qonunchilik paltasining Budjet va iktisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tazildi.

Bizga ma’lumki, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi asosida qabul qilingan 2022 yil Davlat dasturida mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni 3 barobar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasi belgilangan.

Tadbirda dasturning ushbu bandi ijrosi yuzasidan jamoatchilik va parlament nazoratini olib borish maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyatining axboroti eshitildi.

Dasturga asosan, agentlik tomonidan 2022-2026 yillar uchun maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan.

Shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda bugun ichki bozorimizdagi import hajmida ulushi yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdagi, ya’ni - onkologik, gormonal, yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalari hamda vaksinalar ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilgan.

Bunda Hindiston, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya va Belorussiya yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda Toshkent viloyatida qurilayotgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri loyihasi va qurilish jarayonlari bilan ham tanishildi. 

Bu yerda zamonaviy Xalqaro Farmatsevtika Uneversiteti, yangi preparatlarni klinik sinovlardan o‘tkazish markazlari hamda yangi farmatsevtika mahsulotlar ishlav chiqaruvchi korxonalar joylangan.

Tadbirda kelgusida ushbu dastur ijrosi yuzasidan o‘zaro hamkorlik, jamoatchilik va va parlament nazorati olib borishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+